FAOLIYAT YO'NALISHLARI

Asosiy sahna

Har bir bog’ning markazida joylashgan. Kuk Choy, Praym, Di-Live Band guruhi, Sharqoniy Navo, Novella musiqiy guruhlari va ko’p sonli raqslar namoyish etiladi. Festivalni o’ndan ziyod yetakchi boshlovchilar, jumladan, Radio Grand RJ Maks Berlinov, TOP-10 O’zbekistonning vakili Sherzod Ikromov, Stand up show teleko’rsatuvi ishtirokchisi Kamil Jalilov, Comedy.uz loyihasining ishtirokchisi Inoyatillo Sattorov va boshqalar oboradilar. Tomoshabinlar juda ko’p hazil, ijobiy va qimmatbaho sovg’alarga ega bo’ladilar!